Sudlar o‘tgan yil oxirida jinoiy guruhlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan reydlar doirasida hibsga olingan yana uch kishiga hukm chiqardi. Bular Azlarxon Muxamedjanov, Sunnatulla Xolmuradov va Umidjon O‘rinov.
Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik, tovlamachilik va bezorilikda gumon qilingan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Foto.
Shavkat Mirziyoyev korrupsiya jinoyatlari uchun mansabdor shaxslarning hibsga olinishi va jinoiy guruhlar vakillariga qarshi o‘tkazilayotgan reydlar bo‘yicha izoh berdi. “Biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz”, — dedi u.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev “ko‘cha bolalari” qarzdor fuqarolardan qo‘rqitish va do‘pposlash yo‘li orqali pul undirib kelganini aytdi. “Ular davlatning funksiyasini o‘zlariga olishdi, desam noto‘g‘ri bo‘lmaydi”, — dedi u.
Poytaxt IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev jinoiy guruh vakillari yillar davomida kuzatilgani, dalillar yetarliligidan so‘ng ularga reydlar boshlanganini bildirdi. Shuningdek, u reydlar qo‘shni davlatlarda o‘tkazilayotgani yoki Jah Khalib konsertidagi tartibsizliklarga aloqasi yo‘qligini aytdi.
“Dolzarb 40 kunlik” maxsus reydlari davomida Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a’zosi qo‘lga olindi, 64 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Andijonda o‘zidan “yetakchi” yasab olgan 4 kishi, Buxoroda esa kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxs qamoqqa olindi.
Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlangan yana 6 kishi ushlandi. Ular orasida avvalroq poytaxtning “kriminal avtoritet” nomiga da’vogarlik qilgan va ikki yilga qamalib chiqqan Abbosxon Xodjayev ham bor.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Doston Xalilovni Qirg‘izistonga qochishga uringan vaqtda qo‘lga oldi. Uning Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) bilan yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgani qayd etilgan.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlari “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni poytaxtda qo‘lga oldi. Shuningdek, yana ikki gumonlanuvchi ushlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting